Koronavirus ommaviy tadbirlarda qanday tarqalishini aniqlash maqsadida nemis olimlari konsert tashkil qilishmoqchi. Tomoshaga 4000 nafar ko‘ngillini yig‘ish rejalashtirilgan.

Foto: Google

Konsertni tomosha qilish uchun qo‘yilayotgan talablar:

  1. Tomoshaga keluvchilarning yoshi 18 dan 55 gacha bo‘lishi shart;
  2. Ularning barchasi koronavirus testi manfiy chiqqani haqidagi hujjatni taqdim etishi kerak.

Tomoshabinlarga fluoressent (o‘zidan yorug‘lik taratuvchi) dezinfeksiya vositalari va qurilmalar beriladi. Ularning yordamida tadqiqotchilar qaysi tomoshabin qayerda o‘tirganini bilib olishadi.

Konsert tugagach, olimlar barcha yuzalarni ultrabinafsha nurlar yordamida tekshirib chiqishadi. Bu qaysi joylar eng xavfli ekanini aniqlash uchun kerak.

Tajriba-konsertda sun’iy tuman effektidan ham foydalanish ko‘zda tutilyapti — bu virusning aerozollar orqali qanday tarqalishini ko‘rsatadi.

Mavzuga doir:
Germaniya pandemiyaga qarshi kurashda AQShning katta xatosini aytdi
Nega Germaniyada koronavirusdan o‘lim holatlari kamligiga olim aniqlik kiritdi
Germaniyalik deputat 101 yoshida nafaqaga chiqdi

Konsert 22-avgust kuni Leypsig shahrida bo‘lib o‘tadi. Tajribada qatnashishga hozircha mingga yaqin odam ariza topshirgan. Katta sahna esa qo‘shiqchi Tim Bendskoga ajratilgan, deb yozmoqda “The Guardian” nashri.