Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bugun, 23-iyul kuni “Rossiya Federatsiyasining fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida”gi farmonini imzoladi, deb xabar qildi huquqiy axborot rasmiy internet portali.

Foto: Google

Unga koʻra, umumiy tartibda (yashash guvohnomasi (VNJ) asosida Rossiya hududida 5 yil yashagan) 57 nafar kishi Rossiya Federatsiyasi fuqaroligiga qabul qilindi.

Prezident farmoni bilan  Oʻzbekiston hududida tugʻilgan 10 nafar kishiga Rossiya fuqaroligi berildi.

Mavzuga doir:
Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyadan poyezdlarda qaytarilishi choralari koʻrilmoqda
Putin Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtirdi
Rossiya 25 nafar fuqarosini O‘zbekistondan olib ketdi

Shu bilan birga, Afgʻoniston, Ozarbayjon, Moldaviya, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Tojikiston, Ukraina, Avstriya, Vetnam va Chernogoriyada tugʻilgan kishilar Rossiya fuqaroligiga qabul qilindi.