Fransuzlarning “Louis Vuitton” modalar uyi dizaynerlari quloqchin ishqibozlari uchun sirg‘a o‘ylab topishdi. Taqinchoq fotosuratini “Hypebeast” portali nashr qilgan.

Foto: Hypebeast

Lyuks brend assortimentida endi “AirPods” simsiz quloqchinlariga o‘rnatiladigan aksessuar ham mavjud. Tilla sirg‘a ikkita zanjir ko‘rinishida bo‘lib, unga “Louis Vuitton” markasi kulon shaklida o‘rnatilgan.

Ta’kidlanishicha, taqinchoq turli uzunlikda chiqariladi.

Mavzuga doir:
Smartfonlar quvvatlagichlarining xavfli jihati ma’lum bo’ldi
Dunyoda hozir qanday dasturchilarga talab yuqori – rossiyalik ekspert fikri
Apple 13 mlrd. yevro to‘lanmagan soliq bo‘yicha sudda yutib chiqdi

Nashrning ma’lum qilishicha, shu oyda sotuvga chiqarilishi rejalashtirilayotgan taqinchoqning bahosi taxminan 350 dollar atrofida bo‘ladi.