Avvak xabar qilganimizdek, ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbir avvalida bugun mamlakatimiz pandemiyaga qarshi qanday kurash olib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Biz pnevmoniyani davolashda nafaqat o‘zimizning shifokorlar, balki videoaloqa orqali xorijdagi yetakchi mutaxassislarni konsultatsiya berishga jalb qilyapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Hozirgi vaqtda germaniyalik tibbiyot professori yurtimizga kelib, davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda. Bugun Turkiyadan bir guruh professorlar yetib keladi. Boshqa davlatlardan ham eng tajribali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ish olib boryapmiz.

Mavzuga doir:
Prezidentga viloyat hokimlari hisobot berdi
Mahallalarda kasbga o‘qitish markazlari tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev yana bir bor koronavirus masalasida xalqqa murojaat qildi

Prezidentimizning qayd etishicha, bugungi kunda eng muhim vazifa aholi o‘rtasida virus zanjirini uzish hisoblanadi. Buning uchun karantin talablariga so‘zsiz amal qilish, ularning immunitetini mustahkamlash, sog‘ligini asrab-avaylash, har bir insonning hayoti uchun kurashish zarur.