Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tadbir avvalida bugun mamlakatimiz pandemiyaga qarshi qanday kurash olib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Xususan, hozirda COVID-19 yuqtirganlar soni 18,700 nafardan oshgani, vaziyat hamon jiddiy bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning qayd etishicha, bugungi kunda eng muhim vazifa aholi o‘rtasida virus zanjirini uzish hisoblanadi. Buning uchun karantin talablariga so‘zsiz amal qilish, ularning immunitetini mustahkamlash, sog‘ligini asrab-avaylash, har bir insonning hayoti uchun kurashish zarur.

Shu munosabat bilan, shuningdek, kasallik yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirildi.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidentini tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti koronavirus masalasida xalqqa murojaat qildi