Hindiston poytaxtidan Toshkentga “Uzbekistan Airways” AJ aviakompaniyasi samolyotida insonparvarlik yuki yetkazib berildi.

Foto: Dunyo

Insonparvarlik yordami tarkibiga tibbiy vositalar, jumladan COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda samarali hisoblangan 7 millionga yaqin tabletkani o‘z ichiga olgan.

Dori-darmonlardan iborat yuk O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi va ushbu mamlakatning Kimyoviy mahsulotlar va o‘g‘itlar vazirligi qoshidagi Farmatsevtika sanoati departamenti tomonidan shakllantirildi.

Umumiy og‘irligi 5 tonnadan ortiq yuk mamlakatimizning tegishli idoralariga topshirildi.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston Qozog’istonning Aqto‘be shahriga gumanitar yordam yubordi
Koreya O’zbekistonga navbatdagi insonparvarlik yukini yubordi
“Coca-Cola” O’zbekiston SSVga 200 ming dollar o’tkazib berdi

Eslatib o’tamiz, sal avval qo’shni Qozog‘iston davlati Afg‘oniston va O‘zbekistonga gumanitar yordam yuborishi haqida xabar qilgan edik.