Xorazm viloyati Hazorasp tumanida 8000 AQSh dollari evaziga yer ajratib berishni vaʼda qilgan hokimiyat vakili ushlandi. Bu haqda “Zed News” axborot kanali xabar qilmoqda.

Foto: Google

Maʼlum qilinishicha, Hazorasp tuman hokimligi qurilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi bir fuqaroga Tuproqqalʼa tumani hududidan bo‘sh yer maydonidan 1200 kv. metr yer olib berishini vada qiladi.

Shuningdek, u tuman hokimligi va kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirishga ham vaʼda bergan. Evaziga 8000 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:
Kitob tumani SEOM boshlig‘i pora bilan ushlandi
Pora: Namanganda firibgar ayol 800 dollar bilan ushlandi
SamDUga kiritib qo’yish uchun 6000 dollar so’ragan shaxs ushlandi