“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli Buxoro viloyatining Romitan tumani hududida joylashgan “To‘maris” konida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar oziq-ovqat, maxsus kiyim, maxsus avtotransport vositalari bilan to‘la ta’minlanganlar. Bu haqda aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati yozmoqda.

Foto: Trend

2020-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, kondagi quduqlar soni 8 ta bo‘lib, shundan ishlayotgan quduqlar soni 7 tani tashkil etadi. Bitta quduqda esa burg‘ilash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, konda tabiiy gaz qazib chiqarish xajmlarini oshirish maqsadida qo‘shimcha 9,2 km diametri 426 mm gaz quvuri montaj qilinib, past bosimli gaz quvuriga ulab ishga tushirildi.

2020-yilda “To‘maris” konidan 336 mln. kub metr tabiiy gaz va 2,8 ming tonna gaz kondensati qazib olish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:
Oʻzbekiston “Lukoyl” bilan gaz sotib olish haqida muzokaralar olib bormoqda
“Doyaxotin” konidan 1,415 mlrd. kub metr tabiiy gaz va 12,3 ming tonna gaz kondensati qazib olinadi
Sergeli tumanining ba’zi hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha o’chiriladi

Ikkinchi yarim yillikda 2 ta ishlatish va bitta qidiruv qudug‘i burg‘ilanib ishga topshirilishi mo‘ljallanmoqda va bu quduqlardan qo‘shimcha 29,9 mln. kub metr tabiiy gaz va 0,6 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarish kutilmoqda.

Ikkita quduq mukammal ta’mirlanishi va quduqlardan qo‘shimcha 1 mln. kub metr tabiiy gaz va 0,02 ming tonna gaz kondensati qazib chiqarish kutilmoqda.