O‘zbekistonda 2021-yil noyabr oyida “Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o‘rganish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi (№336-F, 23.07.2020y) imzolandi.

Foto: Google

Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalari bilan bog‘liq ilmiy-tadqiqot ishlariga grantlar ajratiladi. Bu haqda O’zA xabar qildi.

Shuningdek, “Jaloliddin Manguberdi izidan” ekspeditsiyasi va ishchi guruhi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, chet eldagi ilmiy-ma’rifiy markazlar bilan aloqalar o‘rnatish maqsadida xorijiy davlatlarga safarlar uyushtirishda amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Mavzuga doir:
Yaponiya o‘zbekistonlik talabalarga 2,6 mln. dollar miqdorida grant ajratishi mumkin
20 ta eng yaxshi startap loyihalarga 50 mln. dan 200 mln. so‘mgacha grant ajratiladi