Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati

Xabarga ko’ra, Farg’ona viloyati Toshloq tumanida joriy yilning 21-iyul kuni fuqaro K.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini Qipchariq MFY hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Q.T. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir qilishi oqibatida Q.T. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mavzuga doir::
Toshloq tumanida “Spark” avtomobili piyodani umriga zomin bo‘ldi
Sirdaryoda “Isuzu” yuk mashinasi yonib ketdi
Farg‘onada “Spark” haydovchisi piyodani umriga zomin bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Qo’shimcha qilinishicha, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.