COVID-19’dan himoyalanish maqsadida foydalaniladigan bir martalik niqoblar atrof-muhitga xavf solmoqda. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo agentligi turli davlatlardan ekologlar tomonidan yuborilgan maʼlumotlar asosida xabar tayyorladi.

Foto: Google

Ekologlarning soʻzlariga koʻra, Yaponiya sohillari boʻylab suvga koʻplab niqoblar tashlanmoqda.

Turkiya va Yevropa mamlakatlarida atrof muhitga tashlanayotgan tibbiy chiqindilarning miqdori sezilarli darajada koʻpaydi. Fransiyalik ekologlar yaqinda dengizda meduzalarga qaraganda, niqoblar koʻproq boʻlishidan qoʻrqishmoqda.

Niqoblar, lateks qoʻlqoplar va koronavirusdan himoyalanishning boshqa vositalari koʻpayishi dunyo okeanlarini yanada ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Agar hozir choralar koʻrilmasa, ekologlar ogohlantirishicha, insoniyat haqiqiy falokatga duch keladi.

Mavzuga doir:
Fransiyada niqob taqish majburiy etib belgilandi
Braziliya sudi mamlakat prezidentidan niqob taqishni talab qilmoqda
Malayziyadagi o’zbekistonlik talabalarga 700 dan ortiq tibbiy niqoblar topshirildi

Gonkongda joylashgan “OceansAsia” kompaniyasi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, niqoblar nafaqat qirgʻoq boʻylab tashlanmoqda, balki baliq ovlash toʻrlarida boshqa axlatlar bilan birga ushlanmoqda.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,1milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 622 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.