Avvalroq, Davlat test markazi rasmiylari matbuot anjumanida testda qatnasha olmagan abituriyentlarning to‘lagan pullari (115,000 so‘m) qaytarilmasligini ma’lum qilgan edi.

Foto: Google

DTMning javobi ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shu sababdan markaz uzrli sabab bilan imtihonda qatnasha olmagan abituriyentlarga pullari qaytarilishini ma’lum qildi.

“Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan abituriyentlarning to‘lovi  har qanday holatda ham qaytarilmaydi degan tushuncha butunlay xato.

Misol uchun, dastlab test sinovlari o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan, keyinchalik esa tanlagan ta’lim yo‘nalishini to‘liq ijodiy imtihon bo‘ladigan yo‘nalishga o‘zgartirgan abituriyentlarning yoki shu kabi to‘lovni noto‘g‘ri amalga oshirgan abituriyentlarning to‘lovlari hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga qaytarilmoqda.

Shunigdek, test sinovlaridan so‘ng, uzrli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning to‘lovlari qaytarilishini ma’lum qilamiz”
, – deyiladi DTM bergan bayonotida.

Mavzuga doir:
OTMga kirish imtihonlari sentabrda o‘tkazilishi ham mumkin
DTM ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lov qilishga ulgurmagan abituriyentlarga murojaat qildi
DTM direktoriga yangi o‘rinbosar tayinlandi