2020-yil 23-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18,703 (+172) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Foto: SSV axborot xizmati

Yangi kasallanish holatlarining 84 nafari Surxondaryo viloyatida, 65 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda qolgan 7 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 48 nafar, Navoiy viloyatida 27 nafar, Sirdaryo viloyatida 21 nafar, Namangan viloyatida 20 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 7 nafar hamda Jizzax viloyatida ham 7 nafar, jami 130 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 10,002 (+130) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 8601 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.