Kuch tuzilmalari Moskva, Novosibirsk va Krasnoyarskda taʼqiqlangan “Oʻzbekiston islom harakati” terroristik uyushmasi yacheykalari ishtirokchilarini qoʻlga oldi, deb xabar bermoqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga tayanib “RIA Novosti”.

Foto: Sputnik

Yacheyka aʼzolari teraktlarga daʼvat qilib, yollash va jangovar hududlarga oʻtkazish, Suriyadagi terrorchilarni moliyalashtirish ishlarini amalga oshirgan.

Qoʻlga olish vaqtida ulardan taʼqiqlangan diniy adabiyot, jangarilarning tashviqot videomateriallari, shuningdek, qalbaki pasportlar olib qoʻyilgan.

Tezkor qidiruv ishlari va tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu yoz oyi boshidan maxsus xizmatlar tomonidan oldi olingan yettinchi teraktdir. FXX bir kun oldin Kabardino-Balkariyada kuch tuzilmalariga amalga oshirilishi rejalashtirilgan hujumning oldini olgan.

Mavzuga doir:
Krasnodar o’lkasida yirik terakt oldi olindi
FXX ikki hududda terakt uyushtirmoqchi boʻlgan kishilarni qoʻlga oldi
Tojikiston fuqarosi Germaniyada terakt tayyorlashda ayblanmoqda

Bir yarim oy davomida Xabarovsk oʻlkasi, Rostov viloyati, Astraxan, Vladikavkaz, Simferopol va Chuvashiyada jangarilar hujumlari oldi olingan. Yil boshidan 17 ta terroristik akt rejasi barbod qilingan.

Iyun oyi oʻrtasida FXX direktori Aleksandr Bortnikov soʻnggi 10 yil ichida Rossiyada 160 ta, 2019-yilda 43 ta terakt bartaraf etilgani haqida bayonot bergan edi.