Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 82 yoshli M.K.da (ayol)da 18-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va umumiy ahvoli og‘irligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Foto: Google

Aniqlanishicha, unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Mavzuga doir:
99-o’lim: Toshkentda koronavirusga chalingan 55 yoshli bemor vafot etdi
98-o’lim: Surxondaryoda 40 yoshli erkak koronavirusdan vafot etdi

Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan.