Dushanbeda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari tomonidan firibgarlikda gumonlanib 25 yashar talaba hibsga olindi, deb xabar berdi Tojikiston IIV matbuot xizmatiga tayanib “Sputnik Tojikiston”.

Foto: Sputnik

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 2011-yilda yigit Tojikiston pedagogika universitetiga oʻqishga kirgan. Ikki yil oʻtgach, talaba oʻqish kontrakti boʻyicha qarzdorligi tufayli talabalar safidan chiqarilgan.

Biroq, yigit tushkunlikka tushmay, hiylani amalga oshirdi. 2017-yilda u fizika-matematika fakulteti dekaniga qoʻngʻiroq qildi va oʻzini Dushanbe hokimi deb tanishtirdi.

Taʼkidlanishicha, ushbu suhbatdan soʻng talaba uchinchi kursga tiklangan.

“U fakultet dekanini Taʼlimni nazorat qilish davlat xizmati boshligʻi lavozimiga tayinlashlariga ishontirdi”, – deyiladi Tojikiston IIV xabarida.

Mavzuga doir:
Andijonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82 million so‘m talon-toroj qilindi
Toshkentda voyaga yetmagan shaxsni tunaganlar ushlandi
Qabristondagi savdoga chek qo‘yildi

Tergovda aniqlashicha, yigit 2018 yil mart va 2020-yil mart oylari oraligʻida bir necha bor oʻzini Dushanbe shahar hokimi deb tanishtirgan. Xususan, u tovlamachilik yoʻli bilan dekandan 18 ming AQSH dollari va chet el avtomobilini qoʻlga kiritgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan jinoiy ish ochilgan.