AQSh prezidentligi uchun kurashayotgan Demokratlar nomzodi Jo Bayden amaldagi davlat rahbari, respublikachi Donald Trampni “prezidentlikka saylangan birinchi irqchi” deb ta’rifladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Foto: Gazeta

Saylovchilar bilan onlayn-konferensiya chog‘i Baydendan so‘rashdi: “Tramp koronavirusni “Xitoy virusi” yoki “Uxan virusi” deyishiga munosabatingiz qanday?”. Bunga javoban siyosatchi prezident “irqchilik urug‘ini qadayotganini” aytdi.

“Uning odamlarni terisining rangiga, millatiga, qayerdan kelganiga qarab ajratishi borib turgan jirkanch holat. Bironta respublikachi-prezident bunday qilmagan. Bironta demokrat-prezident ham. Bizda irqchilar bo‘lgan. Ular prezident (AQShda) bo‘lishga urinib ko‘rishgan. U bu ishni uddalaganlarning birinchisi”, — dedi Bayden.

Baydenning so‘zlariga ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirishdi. Eslatishdiki, AQShning ayrim prezidentlari, xususan, birinchisi — Jorj Vashingtonning o‘z qullari bo‘lgan.

28-prezident-demokrat Vudro Vilson (1913-1921-y.y.) segregatsiya tarafdori (irqiy ayirmachi) bo‘lgani uchun nomi Prinston universiteti qoshidagi maktabdan iyun oyida olib tashlangan.

Mavzuga doir:
Tramp: Men Bayden xohlagan darajada bahslashaman
Bayden ochiqchasiga Trampni ahmoq deb atadi