Sputnik xabariga ko’ra, Migrantlar Rossiya Samara viloyatidagi chegaraga kelishni davom etmoqda.

Foto: Sputnik

Oʻtgan hafta Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari olib ketilganidan keyin, chegarada 793 kishi qolmoqda, deb xabar berdi Samara viloyati inson huquqlari boʻyicha vakilining matbuot xizmati.

Taʼkidlanishicha, chegarada asosan 676 nafar Oʻzbekiston fuqarolari, 117 nafar Tojikiston fuqarolari toʻplandi. Ular orasida 16 nafar ayol va 3 nafar bola.

Viloyat ombudsmanining matbuot xizmatida berilgan maʼlumotga koʻra, odamlarni oʻz vatanlariga yuborish masalasi yaqin kunlarda hal qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston hududi orqali vatanga qaytishlari mumkinligi haqidagi yolgʻon xabarga ishonib, rus-qozoq chegarasida toʻplanib qolgan edi.

Mavzuga doir:
Yekaterinburgda migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
TIV Ozarbayjon – Armaniston chegarasidagi vaziyatdan jiddiy tashvishda ekanligini bildirdi
Abdulaziz Komilov Qatar TIV bilan muzokaralar o‘tkazdi

Elchixona Rossiya hududidagi vatandoshlardan turli yolgʻon xabarlar va mish-mishlarga ishonmaslik, Rossiya-Qozogʻiston davlatlararo chegara punktlariga borishga urinmaslik, hozirgi yashash joylarida qolib, karantin choralariga qatʼiy rioya qilishlarini soʻragan edi.