Avval xabar qilganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Google

Savol: Isroil davlatidan charter reys bilan qaytayotganlar karantinni uyda o‘tashlari mumkinmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra Isroil davlati bugungi kunda “yashil” hududga taalluqli bo‘lganligi uchun karantin uy sharoitida o‘tkazilishi mumkin.

Mavzuga doir:
Rossiyada tahsil olayotgan 200 ga yaqin talabalar yurtimizga olib kelindi
Maxsus charter reyslar orqali AQSh va Kanadadan 257 yurtdoshimiz vatanga qaytarildi
Rossiyadan 118 nafar talaba charter reys orqali Vatanga qaytarildi

Savol: Nima sababdan oxirgi paytlarda vafot etganlarning soni yozilmayapti. Avval o‘lganlarning umumiy soniga qo‘shib birdan aytilardi?

Javob: Bugungi kunga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari, davolanayotganlar, tuzalganlar soni, karantinga olinganlar soni va kasallik oqibatida ro‘y bergan o‘lim holatlarini umumiy hamda viloyatlar kesimida yashirilmay aniq ma’lumotlar asosida berib borilmoqda.