Avval xabar qilganimizdek, bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: RIA Novosti

Savol: Koronavirusning yengil formasi bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa asoratlar qolishi kuzatilmoqda?

Javob: Turli tasdiqlanmagan manbalarda koronavirusdan davolangandan so‘ng miya yemirilishi, bepushtlik kabi asoratlar qoladi, degan ma’lumotlar tarqamoqda.

Kasallikning tibbiy patogenezi bilan tanishmagan holda bunday gaplarni tarqatish noo‘rin.

Koronavirusning yengil shaklini boshdan kechirgan bemorlarda kasallikdan tuzalgandan keyin deyarli asoratlar kuzatilmayapti.

Mavzuga doir:
Koronavirusga chalingan bemor isitmani qanday nazorat qilishi kerak?​
Habibulla Oqilov ishtirokida o’tkazilgan brifingdan muhim savollarga javoblar
Koronavirusdan sog‘ayib, testni qayta topshirsa javobi ijobiy chiqishi mumkinmi?

Savol: Tibbiyot oliygohlari talabalari ham COVID-19’ga qarash kurash uchun safarbar etiladimi va bu uchun ularga qanaqa imtiyozlar beriladi?

Javob: Bugungi kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga to‘liq va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot institutlari va kollej talabalari ham jalb etilmoqda.

Ularning 2 haftalik oylik maoshi ularning toifasiga qarab 5 mlndan 15 mlngacha tashkil etadi.