Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Foto: Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati

Savol: Koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa ko‘rinishdagi alomatlar saqlanib qolmoqda?

Javob: Koronavirus infeksiyasining og‘ir shakli bilan kasallangan bemorlar organizmida tromboemboliya, tromboz, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi yoki o‘tkir koronar yetishmovchilik kabi poliorgan o‘zgarishlar yuzaga kelganligi sababli kasallikdan tuzalgandan keyin ba’zi bemorlarda o‘pka hayotiy sig‘imining 20-30 foizga kamayishi, shuningdek, alveolalar devorlarida biriktiruvchi to‘qimani yuzaga kelishitufayli kasallikdan so‘ng o‘pka fibrozi kuzatilishi mumkin, bu esa harsillash, surunkali kislorod yetishmovchiligiga olib keladi.

Bundan tashqari yurak-qon tomir tizimida, buyraklarda va asab sistemasida ham patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Mavzuga doir:
Koronavirusga chalingan bemor isitmani qanday nazorat qilishi kerak?​
Habibulla Oqilov ishtirokida o’tkazilgan brifingdan muhim savollarga javoblar
Koronavirusdan sog‘ayib, testni qayta topshirsa javobi ijobiy chiqishi mumkinmi?

Savol: Koronavirusning yengil formasi bilan kasallanib tuzalgan bemorlarda asosan qanaqa asoratlar qolishi kuzatilmoqda?

Javob: Turli tasdiqlanmagan manbalarda koronavirusdan davolangandan so‘ng miya yemirilishi, bepushtlik kabi asoratlar qoladi, degan ma’lumotlar tarqamoqda.

Kasallikning tibbiy patogenezi bilan tanishmagan holda bunday gaplarni tarqatish noo‘rin.

Koronavirusning yengil shaklini boshdan kechirgan bemorlarda kasallikdan tuzalgandan keyin deyarli asoratlar kuzatilmayapti.