Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat Kitob tumani bo‘limi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Repost

Maʼlum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi Kitob tuman filiali boshlig‘i Q.N. fuqaro M.Yu. dan niqobsiz yurgani uchun qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga 800 ming pora talab qilgan.

Aytilgan pulning 600 ming so‘mini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan filial boshlig‘i Q.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir:
Parkentda SEOM xodimlari salkam 400 mln. so‘mlik mablag‘larni talon-toroj qilganligi aniqlandi
Qo‘l ostidagilarni bo‘ralatib so‘kkan Toshkent viloyati SEOM bosh vrachi ishdan olindi

Kecha Andijonda 159,3 mln. so‘mlik budjet mablag‘lari SEOM xodimlari tomonidan talon-toroj qilingani haqida xabar qilgan edik.