“O‘zbekkino” milliy agentligi xabariga ko’ra, “Inson” kinostudiyasi direktori Nasrullo Sagdullayev bugun 65 yoshida olamdan o’tdi.

Nasrullo Sagdullayev

Nasrullo Sagdullayev 1955-yilda tug’ilgan. U o‘zbek kinosi sohasida ko‘p yillar mehnat qilgan kinotashkilotchi, kinodirektor, “Inson” kinostudiyasi direktori.

Ko‘p yillar davomida o‘zbek kinosanoati rivojiga o‘z hissasinin qo‘shib kelgan zahmatkash inson Nasrullo Sagdullayevning vafoti munosabati bilan “O‘zbekkino” milliy agentligi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor qilib, hamdardlik bildiradi, deyiladi xabarda.

Xabarda marhum vafotining sabablari ma’lum qilinmagan. 

Mavzuga doir:
O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi olamdan o’tdi
O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov 99 yoshida olamdan o’tdi
O‘zbek xizmat ko’rsatgan artist Abduraim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o’tdi