Navoiy viloyatida 2020-yiling 1-iyul kuni IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida 46 yoshli K.X., ning Navoiy shahar G‘alaba ko‘chasida joylashgan xonadoni tegishli tartibda ko‘zdan kechiriladi.

Foto: Tergov departamenti axborot xizmati

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, K.X., o‘z xonadonida tanishlari F.K. va Ye.R., lar bilan birga “Dizomorfin” (krokodil) psixotrop moddasini tayyorlab iste’mol qilganliklari aniqlangan. Uning xonadonidan protsessual tartibda “Kodeks” va “Dimedrol” dorilarining bo‘sh konvalyutalari, paxta bo‘laklari hamda yod moddasining bo‘sh idishlari tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, K.X. va F.K., larning badanida «opiy» alkaloidlari aniqlangan.

Mavzuga doir:
Jizzaxda “giyohfurush” tog‘a-jiyanlar ushlandi
Andijonda “nasha”ni sotayotgan fuqaro qo’lga olindi
Bektemirda yo‘l bo‘yida bir xalta “nasha” bilan sayrga chiqqan fuqaro qo’lga tushdi

Holat yuzasidan Navoiy shahri bo‘yicha IIO FMB 1-sonli IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 4-qismi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilish uchun bangixonalar tashkil qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Qayd etilishicha, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.