Foto: Navoiy viloyat IIB Axborot xizmati

U yerga yetib borishganida ne ko‘z bilan ko‘rishmasin 4 – 5 yoshlar atrofidagi bola Jasorat ko‘chasi 23 uyning 4 qavati balkonidan osilib turgandi.

Shundan so‘ng, profilaktika inspektori Ro‘ziqulov Abbos profilaktika katta inspektori katta leytenant Pirnazarov Adxam va profilaktika inspektori yordamchisi Barakayev Jo‘rabeklarning yordamiga tayanib 4 qavatga ko‘tariladi va 2014 yilda tug‘ilgan R. K ni qutqarib qoladi.

Arzimagandek ko‘ringan mazkur holat aslida mudhish yakun topishi ham mumkin edi, ammo tashkil etilgan tungi navbatchilik hamda profilaktika inspektorining jonbozligi tufayli bir insonning hayoti saqlab qolindi.

Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz Navoiyda ikkinchi marta profilaktika inspektori jasorat ko‘rsatmoqda, avvalgi safar Zarafshon shahrida mudhish jinoyatning oldi olingan edi.