Qozog’istonning Olmaota hokimi Baqitjan Sag‘intayev Olmaota kanalining “Akimat Live” dasturida pnevmoniya bilan kasalxonaga yotqizilgan bemorlar soni ikki baravar kamayganini aytdi.

Foto: Kazinform

Shahar hokimining so‘zlariga ko‘ra, iyun oyida bemorlarning soni juda ko‘p edi.

“Bu vaqt ichida 6175 bemor pnevmoniyadan davolandi. Agar kasallik tarqalishi davrida kuniga 300 bemor kasalxonaga yotqizilgan bo‘lsa, bugungi kunda kuniga 133 kishi kasalxonaga yotqizilyapti”, – dedi Baqitjan Sag‘intayev.

Shahar hokimi shifokorlar bilan bevosita aloqada bo‘lganini qo’shimcha qilgan.

Mavzuga doir:
Qozog‘iston Afg‘oniston va O‘zbekistonga gumanitar yordam yuboradi
O‘zbekiston Qozog’istonning Aqto‘be shahriga gumanitar yordam yubordi
O’zbekistonda qo’shni Qozog’istonga 5 millionga yaqin dori-darmon yetkazib berdi

“Men har doim asosiy kasalxonalarning bosh vrachlari bilan suhbatlashaman va qancha odam kasalxonaga yotqizilganini so‘rayman. Masalan, avvalroq №7 kasalxonaga kuniga 100 bemor pnevmoniya bilan yotqizilardi. So‘nggi paytlarda kuniga 15-20 kishi tushmoqda. №4 sonli kasalxonaga, Shoshilinch kasalxonaga, №1 kasalxonaga yotqizilgan bemorlar soni ham kamaymoqda. Ko‘rib turganimizdek, pnevmoniya bilan kasallanish ikki baravar kamaydi”, – dedi shahar hokimi.