Murdalarni yorib tekshirish natijasida SARS-CoV-2 shtammdagi koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarning organizmida gʻalati oʻzgarishlar aniqlandi, dedi tibbiyot fanlari doktori, professor, Yangi Orleandagi LSU Healthda  patologiya tadqiqotlari boʻyicha direktori Richard Vander Xayde.

Foto: Focus

Xususan, koronavirus bilan ogʻrigan bemorlarda oʻtkazilgan yorish natijasida yurakda shikastlanishlar mavjudligi aniqlandi, bu yurak mushagining odatdagi yalligʻlanishiga xos emas.

“Biz infeksiyaning ogʻir shaklida tipik miokardit (yurak oʻrta qatlamining ogʻir yalligʻlanish jarayoni – tahr.) mavjud degan tushunchani gumon ostiga qoʻyadigan oʻzgarishlarni aniqladik. Gap bu yerda koʻproq yurak mushagidagi alohida hujayralarning “noyob” nobud boʻlishi haqida bormoqda”, – deya tushuntiradi professor.

Mutaxassisning taʼkidiga koʻra, SARS-CoV-1 (atipik pnevmoniya)dan farqli oʻlaroq koronavirus yurak mushaklarida yashamaydi. Shu bilan birga u ayrim qon tomirlarida aniqlangan.

Mavzuga doir:
Organizmni koronavirusning ikkinchi to‘lqiniga tayyorlash bo‘yicha shifokor maslahatlari
Koronavirusning og‘ir shaklida organizmga nima yetishmasligi aniqlandi
Garvard universiteti olimi COVID-19 inson organizmida qanday asoratlar qoldirishini aytdi

Olimlar taxminiga koʻra, koronavirus hujayralari yurakdan toʻqimalarning oʻzida ushlanib qolmasdan “oʻtishi” mumkin. Bu tsitokinlar tufayli vujudga kelgan endotelial shikastlanish, yaʼni tsitokin shtormiga olib kelishi ehtimoldan holi emas.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,1milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 622 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.