Epidemiya boshlanganidan beri Rossiyada koronavirus infeksiyasining umumiy soni 795 mingdan oshdi. Bu haqda 23-iyul, payshanba kuni mamlakatning “Stopkoronavirus RF” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: TASS

Mamlakatda bugun infeksiyaning yangi +5848 ta holati aniqlandi.

Shtab xabarida qayd etilganidek, butun davr mobaynida respublikaning 85 ta mintaqasida 795,038 ta yuqtirish holatlari aniqlangan. Shu bilan birga, jami 12,892 o’lim qayd etilgan, 580,330 kishi infeksiyadan davolandi.

22-iyul holatiga ko’ra, Rossiya 85 mintaqasida 789,190 ta infeksiyani qayd etdi. Xabar qilinishicha, butun davr mobaynida jami 12,745 kishi vafot etgan, 572,053 kishi tuzalib ketgan.

Mavzuga doir:
Rossiya Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi vaksina tayyor bo‘lganini ma’lum qildi
“Rossiya amaldorlari aprel oyidayoq koronavirusdan emlangan” – Bloomberg
Rossiyada aprel oyidan beri birinchi marta 6 mingdan kam yangi infeksiya qayd etildi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,1milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 622 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.