Foto: Google

Qo‘mita raisi 26 fevral sanasida Andijon viloyati yer resurslari va davlat kadastri rahbar hamda xodimlari ishtirokidagi yig‘ilish o‘tkazdi.

Unda o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan qarab sohaga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlamaganliklari va tumanda yetarli darajada ishni tashkil etmaganligi uchun Ulug‘nor, Jalaquduq va Shaxrixon rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek yer maydonlaridan foydalanishni nazorat qilish ishlari va xatlovlar yakuni bo‘yicha tumanda yetarli darajada ish tashkil etmaganligi uchun Izboskan, Qo‘rg‘ontepa tumanlari hamda Andijon shahar filial rahbarlariga intizomiy jazo berildi.

Yig‘ilishda qo‘mita raisi bo‘sh turgan yer maydonlarini “Auksion” savdolariga qo‘yish Andijon viloyatida «qoniqarsiz» holatda ekanligi, viloyatda 6500 gektar atrofida bo‘sh turgan yer maydonlari mavjudligiga qaramasdan noqonuniy ravishda uy – joylar va ijtimoiy obyektlar qurilishi asosan ekin yerlarda amalga oshirilayotganligi jiddiy tanqid qildi.

Eng og‘riqli masala korrupsiya xususida to‘xtalib Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «Andijon usuli»ni tashkil etish va Respublikada namuna bo‘lishga chaqirildi, deyiladi “Davyergeodezkadastr” qo’mitasi xabarida.