Oʻzbekistonlik migrantlar Moskva viloyatidagi Podolsk shahrida yosh bolaning hayotini saqlab qolishdi, deb xabar qilmoqda NTV telekanali.

Foto: Riamo

Maʼlum boʻlishicha 4 yoshli qizaloq toʻrtinchi qavatdagi xonadon oynasidan tashqariga chiqadi, lekin qaytib kira olmaydi va yordam soʻrab yigʻlay boshlaydi.

Bolakayning ovozini oʻsha yerda oʻt oʻrayotgan oʻzbekistonlik ishchilar eshitib qolishadi. Bir necha kishi bola tushib ketishi mumkin boʻlgan joyda mato yordamida uni tutib qolishadi. Xozir toʻrt yoshli qizaloq sogʻ-salomat shifokorlar nazorati ostida.

Qutqaruvchilar yetib kelganda bola tushib ketgan uyning eshigi haligacha yopiq edi. Ichkarida uning onasi mast holda boʻlgani aniqlangan.

Mavzuga doir:
Navoiyda profilaktika inspektori 4 qavat balkonida osilib qolgan yosh bolani qutqardi
Yekaterinburgda migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Voqeadan biroz oʻtib Podolsk shahar meri Nikolay Pestov mahalliy JEK ishchilari oʻzbekistonlik Bekmurod Turdaliyev, Elbek Saliyev, Zoirbek Jo’rabayev va Fahriddin Risbayevlarga minnatdolik bildirgan.