Xitoy “Tianwen-1” kosmik kemasida Marsni tadqiq qilish uchun birinchi sinovni amalga oshirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: Reuters

Tekshiruvni amalga oshiradigan “Changzheng 5” uchirish moslamasi Xitoyning janubidagi “Wenchang” kosmodromidan uchirilgan. Kemaning umumiy og‘irligi besh tonnani tashkil qiladi. Ulardan 1,3 tonna tushish modulining og‘irligi, yana 3,7 tonnasi esa orbital stansiyadir.

2020-yilda Xitoyning Marsga kosmik kemasini uchirishi o‘tgan yili ma’lum bo‘lgan edi. Keyingi missiya 2021-yil boshida Marsga yaqin orbitaga chiqishidan iborat bo‘lishi aytilmoqda.

Xitoyning Marsga bo‘lgan missiyasining maqsadi sayyoradagi hayotni izlash va atrof-muhitni o‘rganishdir. Bir so’z bilan aytganda, Xitoy Marsni “kashf qilmoqchi”.

Avvalroq Xitoyni “Kuaychjou” raketasining birinchi parvozi “o’xshamagani” haqida xabar qilgan edik.

Mavzuga doir:
20-iyul kuni BAA Marsga ilk arab kosmik apparatini uchiradi
Xitoy 2030-yilga kelib yirik kosmik kuchga aylanmoqchi(mi?)
NASA va Yaponiya birgalikda Oyni tadqiq qilishga kelishib olishdi