Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Tergov departamenti axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati

Andijonda shu yilning 20-iyul kuni soat 23:00 da Buloqboshi tumani Uchtepa MFY Bo‘ston ko‘chasida yashovchi 28 yoshli K.A., qo‘shnisi 43 R.S., dan 1000 AQSh dollari miqdoridagi qarzini so‘rab kelgan vaqtida o‘zaro janjallashib, janjal davomida K.A., tanishi 21 yoshli N.Q. hamda ukalari 25 yoshli A.A., voyaga yetmagan 17 yoshli O.A., lar birgalikda R.S., ni o‘sha yerdagi yog‘och tayoq bilan tanasining turli joylariga urib tan jarohati yetkazganlar. Natijada R.S., olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Ta’kidlanishicha, hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida R.S., ga tan jarohati yetkazilgan bir dona tayoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:
Andijonda kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 82 million so‘m talon-toroj qilindi
AQSh elchixonasining sobiq binosi oldida o‘ndan ortiq yoshlar ishtirokida mushtlashuv yuz berdi
Toshkent viloyati hududida odam savdosida gumon qilingan ayol ushlandi

Jinoyat ishi bo‘yicha K.A., A.A. va N.Q., lar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda tartibida ushlangan.

Qo’shimcha qilinishicha, hozirda voyaga yetmagan 17 yoshli O.A.,ning harakatlariga huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.