COVID-19’ga qarshi kurash uchun xayriya jamg‘armasi 300 million dollar ajratgan “Microsoft” korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts koronavirusga immunitet hosil bo‘lishi uchun odamga bir emas, bir nechta vaksina dozasi kerak bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda “CBS News” telekanali xabar berdi.

Foto: Central Asia

“Ayni vaqtda hech qaysi vaksina bir martalik dozadan so‘ng ta’sir qiladiganga o‘xshamayapti. Bunga boshida umid qilsa bo‘lardi”, — dedi Geyts telekanalga bergan intervyusida.

Shunga qaramay, u ikkinchi avlodga mansub birorta vaksina kelgusida hayron qoldirishi mumkinligini ham istisno qilmadi.

“Atigi ikkita dozadan umid qilyapmiz. Faqat keksalarga ko‘proq doza talab etilishi mumkin», — dedi “Microsoft” asoschisi ‘Qancha vaksina kerak bo‘ladi?” degan savolga javob berarkan.

Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi JSSTning ikkinchi eng yirik donori hisoblanadi.

Mavzuga doir:
Indoneziya prezidenti uch oy ichida vaksinani tayyor qilishni talab qildi
“Kovid”ga qarshi kurashuvchi vaksinadan tezroq va samaraliroq usul topildi
2,5 yevro – Britaniyaning koronavirusga qarshi vaksinasi o‘z tannarxida sotiladi

U 2018-2019-yillarda tashkilot budjetining 9,76 foizini ta’minladi. Jamg‘arma vaksina va dorilar ishlab chiqarish sohasidagi tadqiqotlarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 15,1milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 622 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.