Foto: FVV axborot xizmati

O‘quv mashqidan ko‘zlangan maqsad – qutqaruvchilarning har qanday sharoitda ya’ni yog‘ingarchilik, shamol, momaqaldiroq, toshqinlar, ko‘chkilar, noqulay ob-havo sharoiti, sel, ko‘chki sodir bo‘lganda birlamchi kechiktirib bo‘lmaydigan qidiruv-qutqaruv tadbirlarini olib borishlarida ularning ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.

Foto: FVV axborot xizmati

Shuningdek, mashg‘ulotda boshqarmaning kinologlari o‘zining qutqaruv itlari bilan faol ishtirok etib qor uyumi ostida qolgan insonlarni aniqlash bo‘yicha harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Shundan so‘ng, qutqaruvchilar jabrlanganlarga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatdilar. Alpinistik arqonlar yordamida tog‘ning pastki qismiga olib tushirib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirdilar.

Foto: FVV axborot xizmati

Mashg‘ulot yakunida qutqaruvchilar tomonidan kutilgan natijaga erishilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi. Bu kabi o‘quv mashg‘ulotlardan maqsad, qidiruv – qutqaruv tadbirlarini sifatli, tezkor o‘tkazib, jabrlanganlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishdir.