21-iyul kuni soat 14.30 da 102 raqamiga Chilonzor tumanining 3-kvartalida yashovchi aholidan kelib tushgan xabarga ko‘ra, Cho‘ponota ko‘chasida ilgari AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi joylashgan binoning yaqinida o‘ndan ortiq yoshlar janjallashayotgani aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.

Foto: Toshkent shahar IIB axborot xizmati

Hodisa joyiga Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-bataloni xodimlari yetib kelishdi. Patrul avtomobilini ko‘rgan yoshlarning bir nechtasi qochib ketishgan, yetti nafari esa qo‘lga olinib, eng yaqin ichki ishlar bo‘limiga olib kelingan.

Qo‘lga olinganlardan biri – muqaddam sudlangan 28 yoshli E.Sh. tekshirilganda uning avtomobili salonidan uchta pichoq, barsetkasidan esa 3 flakon “Tropikamid”, 1 flakon “Rinoksil”, 6 tabletka “Selofen” topilgan.

Mavzuga doir:
Yekaterinburgda migrantlar oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Moskvada qurilish ishchilari oʻrtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Bulung‘urda arzimagan mushtlashuv o‘lim bilan yakun topdi

Hozirda Chilonzor tumani IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv davomida hodisaning boshqa ishtirokchilarining shaxslari aniqlanib, so‘ng barcha ishtirokchilarning hatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.