Foto: Korrespondent

Hurmatli fuqarolar, Koreya Respublikasida koronavirusning tarqalishi tez suratlarda oshib borayotganligi sababli mamlakat Adliya vazirligi tomonidan (ID card asosida) xorijiy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib qonuniy yurgan shaxslarning vizalarini avtomatik tarzda 2020 yil 30 aprelga qadar uzaytirganligini ma’lum qilamiz.

Buning uchun xorijiy shaxslarning migratsiya xizmati idoralariga borishlari talab etilmaydi.

Bu tartib Koreya Respublikasi hududida 2020 yilning 24 fevraliga qadar qonuniy tarzda bo‘lgan xorijiy shaxslarga nisbatan qo‘llanadi.

Shu bois, ushbu holat Sizning Koreyani tark etishingizga zarurat tug‘dirmasligini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreya Respublikasidagi elchixonasi