Foto: France 24

Epidemiya oʻchogʻida yangi Covid-19 koronavirusi bilan kasallangan bemorlar sonining kamayishi sababli vaqtincha ixtisoslashgan shifoxonalardan biri yopildi.

Xabar qilinishicha, 1 – mart kuni tuzalib ketgan 34 bemorga Tszyaokou tumanidagi vaqtinchalik kasalxonadan javob berilgan, qolgan 74 kishi boshqa tibbiy muassasalarga oʻtkazilgan.

Soʻnggi bemorlar chiqarilganidan soʻng shifoxona dam olish rejimiga oʻtdi va endi bemorlarni qabul qilmaydi.

Soʻnggi paytlarda butun Xitoyda va Xubey provintsiyasining oʻzida epidemiologik vaziyat bir muncha yaxshilandi.