Joriy yilning 1-sentabridan boshlab Toshkentdan Rossiya Federatsiyasining turli shaharlariga doimiy aviareyslar tiklanadi. Bu haqda Rossiyaning “AeroTur” aviakompaniyasi ma’lum qilgan.

Foto: “Uzbekistan Airways” axborot xizmati

Xususan, Toshkent va Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Qozon, Vladivostok shaharlari o‘rtasida aviaparvozlar tiklanadi.

Hozirgi kunda aviakompaniya saytida 1-sentabrdan 30-sentabrgacha reyslar jadvali e’lon qilingan. Hozircha boshqa ma’lumotlar keltirilmagan.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida aviareyslar sonini oshirish masalasi o‘rganildi
Rossiya va Turkiya aviaparvozlarni tiklashga kelishib oldi – OAV
13-iyul kunidan mahalliy yo‘nalishlardagi poyezdlar va aviaqatnovlar to‘xtatiladi