Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati

2020 yil 1 mart holatiga jami 148 ta davlat aktivlari 66,38 mlrd. so‘m xarid qiymatida, 363,3 mlrd. so‘m investitsiya kiritish va 1515 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan xususiy mulkka sotildi, jumladan:

26 ta davlat aksiya paketlari va ulushlari 39 mlrd. so‘m xarid qiymatida;

17 ta davlat ko‘chmas mulki obyektlari 7,6 mlrd. so‘m xarid qiymatida,

11,5 mlrd. so‘m investitsiya kiritish va 183 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan baholangan narxda sotilgan;

Umumiy sotilgan ko‘chmas mulki obyektlaridan 105 tasi 1 so‘mga teng boshlang‘ich narxda sotilgan bo‘lib, 19,78 mlrd. so‘mga (investitsiya miqdori – 351,8 mlrd. so‘m, 1332 ta ish o‘rinlari) sotilishi ta’minlangan, deyiladi xabarda.