Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Ko‘p qirrali O‘zbekiston – Xitoy kun tartibini muhokama qilish chog‘ida o‘zaro hurmat va ishonch ruhida har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishdan tomonlar manfaatdor ekanligi yana bir bor ta’kidlandi. “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida infratuzilma, sanoat, madaniy-gumanitar va boshqa qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tomonlar tayyorligi ta’kidlandi.

Savdo – iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Shu o‘rinda transport-kommunikatsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda joriy yilda o‘tkaziladigan O‘zbekiston – Xitoy Mintaqalar forumi va turli darajadagi boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.

Shuningdek, BMT, ShHT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralarda Xitoy Elchi Jiang Yan ishtirok etdi.