Foto: Sputnik

Qarorga koʻra, elektr hisoblagichlar DXMlar orqali faqat hisoblagichning sozligi yoki qoʻllashga yaroqliligi, metrologik tasniflari boʻyicha munozarali savollar tugʻilganda qiyoslashdan oʻtkaziladi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 martdan boshlab:

– elektr energiyasining barcha isteʼmolchilariga elektr hisoblagichlarni davriy qiyoslashdan oʻtkazish uchun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarga murojaat qilish huquqi berildi;

– ushbu tashkilotlarga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilinganda, qiyoslashdan oʻtkazish xarajatlari mazkur tashkilotlarning hisobidan qoplanadi.

Qarorga koʻra, elektr hisoblagichlar DXMlar orqali faqat hisoblagichning sozligi yoki qoʻllashga yaroqliligi, metrologik tasniflari boʻyicha munozarali savollar tugʻilganda qiyoslashdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, 2020 yilda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy tashkilotlari tarkibida  temir-beton tayanchlari, metall va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish tsexlari va qurilish boʻlinmalari tashkil etiladi.