2020-yil 20-iyul kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bosh rassomi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Botirov Zubaydulla Borisovich 57 yoshda olamdan o‘tdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

Botirov Zubaydulla

Zubaydulla Botirov 1963-yilda Qarshi shahrida tug‘ilgan. 1986-yilda Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini, 1995-yilda Mannon Uyg‘ur nomidagi san’at institutining “Teatr dekoratsiyasi” bo‘limini tamomlagan.

1997—2005-yillarda Toshkent shahrida O‘zbekiston Mustaqilligi kuniga bag‘ishlangan bayram tantanalarida sahnalashtiruvchi rassom sifatida ishlagan. 

Mavzuga doir:
O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo Yusupov 99 yoshida olamdan o’tdi
Davlat turizm qo’mitasining sobiq raisi olamdan o’tdi
O‘zbek xizmat ko’rsatgan artist Abduraim Abduvahobov 57 yoshida olamdan o’tdi

Botirovga 2010-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan. U 1994-yildan buyon Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta teatrida ijodiy faoliyatini yuritib kelayotgandi.