Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

Yo‘l – transport hodisalari oldini olish maqsadida fuqarolarni yoshligidanoq yo‘l harakati qoidalari bilan tanishtirib borish, ularga tushunishlari oson bo‘lishi uchun yo‘llar, belgilar va transport vositalari maketlari tayyorlanib, maktablarda yo‘l harakati xavfsizligi xonalari tashkil etilmoqda. Shunday xonalardan biri Farg‘ona viloyati, Toshloq tumanida joylashgan 8 – sonli maktab binosida tashkil etildi.