Foto: Sputnik

Xabarga ko‘ra, “Yandeks.Taksi”da yo‘lovchilar reytingi avval ham bo‘lgan, biroq u foydalanuvchilarga ko‘rsatilmagan. Ilovadagi ushbu xizmat Android va iOS platformalarida ishga tushirilgan va test rejimida ishlamoqda. Reyting haydovchi mijozga xizmat ko‘rsatishni yakunlaganidan keyin unga qo‘ygan baholari asosida shakllantiriladi. Bahoni menyu qatorida “Yandeks.Taksi” yoki Uber’ga ulangan ism yoki pochta orqali ko‘rish mumkin.

Haydovchi mijozga besh balli tizimda baho beradi, reyting oxirgi 40 ta baho asosida shakllanadi. Reytingda umumiy ballar hisoblanadi, biroq oxirgi qo‘yilgan baholar eskilariga qaraganda kuchliroq ta’sirga ega bo‘ladi. Masalan, yo‘lovchi bir ball olsa, har bir yangi baho reytingga ta’sir ko‘rsatmay qo‘yadi, vaqt o‘tishi bilan yangi baholar avvalgi 1 ballning butunlay ahamiyatsiz bo‘lganini ko‘rsatishi mumkin.

Kompaniya vakillarining aytishicha reyting tizimi vijdonsiz mijozlarni, masalan, yo‘l haqini bermaydigan, mashina salonini iflos qiladigan, haydovchiga tajovuzkor munosabatda bo‘ladigan, uni so‘kib uradigan mijozlarni aniqlashga yordam beradi. Yaxshi baholarga ega foydalanuvchilarning buyurtmalari ustuvor ahamiyat kasb etadi.