Foto: Pravda tv

So’nggi bir kun ichida Xubey provinsiyasida ushbu virus tufayli 42 kishi hayotdan ko’z yumdi. 202 ta yangi holat aniqlandi (196 ta – Xubeyda).

Umuman olganda, hozirgi vaqtda materikning tibbiy muassasalarida 32,6 ming kishi davolanmoqda, 7 mingdan ortiq bemorning ahvoli og’ir deb baholanmoqda. 44 mingdan ortiq odam davolandi va tibbiy muassasalarni tark etdilar.

O’tgan yilning dekabr oyidan beri Xubeyda 2803 kishi koronavirus qurboniga aylandi, 67103 kasal bo’ldi, 33,7 mingdan ortiq odam kasalxonadan chiqarildi.