Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Chexiya davlatlari o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Shuningdek, Praga universiteti tomonidan o‘zbekistonlik yoshlarga magistratura va doktoranturaga grantlar ajratish bo‘yicha ham kelishuv imzolandi.

Mazkur kelishuvga binoan, ajratiladigan grantlar uchun nomzodlar O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan tanlov asosida saralanishi belgilandi.