Bastamqul Saidqulov

Makka shahriga Umra amallarini bajarish uchun ketgan oʻzbekistonlik olim Bastamqul Saidqulov oʻsha yerda vafot etdi.

Taʼkidlanishicha, koʻplab shogirdlarning ardoqli ustozi Saidqulov Makka shahriga Umra amallarini bajarish uchun ketgan edi.

Saidqulov soʻnggi yillarda  “Veterinariya tibbiyoti” jurnalini chop etish gʻoyasini ilgari surgan va bugungi kungacha bu jurnalni tahririga rahbarlik kilib kelgan.

“Soha fidoyisi Bastamqul Saidqulovning yaqinlari va soha mutaxassislariga chuqur  taʼziya izhor etamiz”, deyilgan xabarda.