Foto: Aniq.uz

Ularning aksariyati – 705 kishi – “Diamond Princess” kruiz kemasining yo’lovchilari va ekipaji, 14 kishi charter reyslarida Xitoydan evakuatsiya qilingan guruhlar tarkibiga kirgan va 228 kishi Yaponiyada infeksiyalangan odamlar yoki Xitoydan qaytib kelgan yapon sayyohlari. Shunisi e’tiborga loyiqki, ushbu 228 kishidan 9 nafari Sog’liqni saqlash vazirligi yoki “Diamond Princess” uchun ishlagan karantin xizmati xodimlari.

Yaponiyada ommaviy tadbirlar bekor qilindi, aksariyat maktablar dushanba kuni yopiladi. Disneylend va boshqa istirohat bog’lari shanbadan mart oyining o’rtalariga qadar yopiq. Shimoliy Xokkaydo orolida juma kuni kasalliklarning kuchayishi sababli favqulodda holat e’lon qilindi.