Foto: O’zA

Ardoqli o‘zbek shoirasi Zulfiya 1915 yilning 1 martida Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Shoira mehnat faoliyatini juda erta boshlagan. Bir umr jurnalistika hamda nashriyot sohasida ishladi. U 1935-1938 yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938-1948 yillarda “Bolalar” nashriyoti muharriri, O‘zbekiston davlat nashriyoti bo‘lim mudiri, 1953 yilgacha “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1953 yildan to 1980 yilga qadar, salkam o‘ttiz yil davomida shu jurnalning bosh muharriri lavozimida ishlab keldi.

Afsonaviy o‘zbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o‘rtog‘i, hassos she’riyati bilan millionlab chin so‘z sehriga shaydo qalblarni maftun etgan shoira 1996 yilning 1 avgustida vafot etdi.

Turmush sinovlari va adabiyot osmonida kechgan shoiraning hayot yo‘li kelgusi avlodlar uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qolaveradi.