Foto: Xabar.uz

Bir muddat avval, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimi matbuot kotibi Mirzohid Botirovga tegishli ekani aytilgan yozishmalarning nusxasi (skrinshot) tarqalgani haqida xabar berilgan edi. Mirzohid Botirov haqorat-u uyatsiz gaplarga to‘la yozishmalarida “…osmonga chiqayotgan blogerni joyini ko‘rsatib qo‘ygani”ni alohida ta’kidlab, “15 kunda mulla bo‘lgani”ga urg‘u bergandi. Shuningdek, yozishmalarda o‘sha bloger “asakalik” ekani, “hokim tiq” degani uchun “tiqilgani”ni haqoratlar bilan bayon qilgandi.